Yoshlar ittifoqiga 8 foizlik to‘lov yangi yildan tatbiq etiladi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi logotipi
2018-yilning 1-yanvaridan boshlab kichik biznes korxonalari tomonidan to‘lanadigan yagona soliq to‘lovi uchun hisoblangan summaning 8 foizi O‘zbekiston yoshlar ittifoqini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ta’lim muassasasini tamomlaganiga uch yil bo‘lmagan, birinchi marta ishga qabul qilingan yoshlarga daromad solig‘ini birinchi yil uchun 50 foiz, ikkinchi va uchinchi yillar uchun esa 25 foizga kamaytirish belgilangan.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshida turli fanlar, chet tillarni o‘rgatish, kompyuter dasturlarini tuzish va tadbirkorlik asoslarini o‘qitish maqsadida tashkil etiladigan sho‘’ba korxonalarini 2027-yil 1-avgustga qadar barcha soliqlardan ozod etish, bunda korxona ixtiyorida qoladigan summaning 20 foizini O‘zbekiston yoshlar ittifoqini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazish tartibi joriy etilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter