Yil boshidan beri sodir bo‘lgan yong‘inlarda 46 kishi vafot etdi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Davron Qambarovga ko‘ra, 2021-yilning o‘tgan 4 oyi davomida respublika hududida jami 3294 ta yong‘in qayd etilib, ushbu yong‘inlarda 46 nafar inson halok bo‘lgan va 94 nafar kishi tan jarohati oldi.
2021-yilning o‘tgan 4 oyi davomida o‘tkazilgan profilaktik ishlar natijasida 6197 ta bino va inshootda yong‘in kelib chiqish xavfining oldi olingan.
Sodir bo‘lgan yong‘inlarni o‘chirish vaqtida ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida 14 nafar inson qutqarilgan, 37 bosh uy hayvoni, 25 xil texnika, 154 mlrd. so‘mdan ziyod bino va inshootlar qurilmalari va 38 mlrd.so‘mdan ortiq moddiy boyliklar saqlanib qolingan.
Jami sodir bo‘lgan yong‘inlarning 80,8 foizi aholi yashash joylarida, 4,8 foizi transport vositalarida yuzaga kelgan.
Yong‘inlarning 35,5 foizi elektr uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi, 23,3 foizi ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, 22,8 foizi isitish pechlarining nosozligi yoki ulardan noto‘g‘ri foydalanish, 7,2 foizi bolalarning sho‘xligi va 3,7 foizi transport vositalaridan foydalanish va tuzilishi qoidalarining buzilishidan sodir bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter