Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarindoshlar o‘rtasidagi mingdan ziyod nikohning oldi olindi

Qarindoshlar o‘rtasidagi mingdan ziyod nikohning oldi olindi

Foto: Xabar.uz

2021-yilning o‘tgan davrida respublika bo‘yicha 1136 ta holatda qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning oldi olindi.

Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Mukarram Nurmatova ma’lum qildi.

Respublikaning 200 ta tumanida qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzish holatlari va uning sabablarini o‘rganish maqsadida sotsiologik so‘rov o‘tkazilgan. Unga ko‘ra respondentlarning 25,2 foizida nizolar uchrab turganligini, 24,9 foiz oilalarda nogiron farzandlar borligi, 8,9 foizida doimiy quda-andachilikdagi kelishmovchiliklar bo‘layotganligi bildirilgan.

Qarindoshlar o‘rtasida tuziladigan nikohning 58,1 foizi bobo-buvilar, 56,4 foizi ota-onalar, 14,3 foizi tog‘a-xola va amaki-ammalar, 13,2 foizi opa-singillar, 1,2 foizi aka-ukalar va 8,3 foizi boshqa shaxslar tashabbusi bilan tuzilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring