Yaponiyaga ishga jo‘natish haqidagi va’da puch bo‘lib chiqdi
2019-yil 9-may kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tuman IIBga ariza tushdi. Unda shu yil 4-aprel kuni 28 yoshli B.D. Samarqand viloyatida yashovchi 23 yoshli M.R.ni Yaponiyaga ishga jo‘natishni aytib, 6 220 AQSh dollari va 4 500 000 so‘m pullarini olib, shu kunga qadar bergan va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar tarqatdi.
Ko‘rilgan choralar natijasida B.D. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter