Yangiyo‘l taksichilari IIB oldida to‘polon ko‘tarishdi
![Yangiyo‘l taksichilari IIB oldida to‘polon ko‘tarishdi](https://static.xabaruz.com/crop/5/8/720_460_95_587669596.jpg)
Videodan skrinshot
Kecha, 22-oktyabr kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani IIB YHXB katta inspektori haydovchilarni haqoratlagan. Bugun esa Yangiyo‘l taksichilari shu holat yuzasidan izoh so‘rab, IIB binosi oldida to‘planishgan.
Toshkent viloyati IIBB Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat Toshkent viloyati IIBB tomonidan qat’iy nazoratga olinib, hozirda tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
«Yaqin vaqtda batafsil rasmiy bayonot beriladi. Hozirda fuqarolar bilan suhbat asnosida yuzaga kelgan tushunmovchilik bo‘yicha izoh berilmoqda», deyiladi xabarda.
Tekshiruv xulosasiga ko‘ra, qonuniy choralar ko‘riladi va bu haqda ommaviy axborot vositalari orqali batafsil ma’lumot beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter