Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Yashnobod tumaniga hokim bo‘ldi
Rahmonqulov Baxtiyor Tugambayevich Yashnobod tumanining hokimi etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Baxtiyor Rahmonqulov 1976-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.
1997-yilda Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘shinlari muhandislik bilim yurtining qo‘mondonlik taktik avtomobil qo‘shinlari mutaxassisligi bo‘yicha va 2008 yilda Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi akademiyasining fuqaro muhofazasi qo‘mondonlik-shtab tezkor-taktik boshqaruvi sohasi mutaxassisligini tamomlagan.
2018-yildan bugunga qadar Toshkent shahar hokimi o‘rinborsari — Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter