Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi yil sabab «Afrosiyob» qatnovlari ko‘paytirildi

Yangi yil sabab «Afrosiyob» qatnovlari ko‘paytirildi

Foto: Xabar.uz

Toshkent—Samarqand—Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdi qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.

Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yangi yil bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarni tashishni tashkil qilish maqsadida Toshkent—Samarqand—Toshkent yo‘nalishida 26-dekabr kunidan va 2023-yilning 8-yanvar kunigacha yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdining qo‘shimcha 14 ta qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

767-sonli Samarqand—Toshkent yo‘nalishi — Samarqand 11:06 — Toshkent 13:16;
768-sonli Toshkent—Samarqand yo‘nalishi — Toshkent 13:40 — Samarqand 15:48.

Avvalroq, Toshkentdan Andijonga qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yilgani xabar berilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring