Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi yil kechasida ob-havo qanday bo‘ladi?

Yangi yil kechasida ob-havo qanday bo‘ladi?

Foto: «Xabar.uz»

«O‘zgidromet» 29-31 dekabrga ob-havo prognozini taqdim etdi.
Respublika aholisi 31 dekabrdan 1 yanvarga o‘tar kechasini tashqarida qor yog‘ish hodisalarisiz kutib oladi.

Qoraqalpog‘iston respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 29-30 dekabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 dekabrda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 30-31 dekabrda kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 30 dekabrda 0-5° iliq, 31 dekabrda 2-7° iliq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 29 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. 30-31 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 29-30 dekabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 dekabrda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 dekabrda kechasi va kunduzi 3-8° iliq; 30 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq; 31 dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 4-9° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 29 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. 30-31 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 dekabrda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 dekabrda kechasi va kunduzi 2-7° iliq; 30-31 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 30 dekabrda 2-7° iliq, 31 dekabrda 4-9° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 29 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. 30-31 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 dekabrda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 dekabrda kechasi va kunduzi 5-10° iliq; 30-31 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 30 dekabrda 3-8° iliq, 31 dekabrda 5-10° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 29 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. 30-31 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 dekabrda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 dekabrda kechasi va kunduzi 2-7° iliq; 30-31 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 29 dekabrda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, 30-31 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 dekabrda kechasi va kunduzi 0-5° sovuq; 30-31 dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring