Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi vazirlik huzurida jamg‘arma tashkil etildi

Yangi vazirlik huzurida jamg‘arma tashkil etildi

Foto: Xabar.uz

«O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida» Hukumat qarori  (228-son, 15.04.2020-y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qaror bilan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda budjetdan tashqari «Obod va xavfsiz mahalla» jamg‘armasi tashkil etildi.

Jamg‘arma mablag‘laridan «xavfsiz mahalla» tamoyilini to‘laqonli va samarali joriy etish, oila va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish kabi maqsadlarda foydalaniladi.

Shuningdek, qaror bilan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi to‘g‘risidagi hamda «Obod va xavfsiz mahalla» jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning fevral oyida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring