Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tariflarni oshirish ko‘zda tutilmagan» - issiqlik uchun yangi to‘lov tizimi haqida

«Tariflarni oshirish ko‘zda tutilmagan» - issiqlik uchun yangi to‘lov tizimi haqida

Foto:«Xabar.uz»

2020-2021-yillar isitish mavsumidan boshlab markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun iste’molchilar bilan hisob-kitoblar isitish davrining har bir kuniga 1 kv. metr isitiladigan maydon hisobida to‘lash tizimiga o‘tkazilishi belgilangandi.

AOKA zalida Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida yangi to‘lov tartibi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan izoh berildi:

«Ushbu tartib ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, noto‘g‘ri talqin qilinmoqda. Masalaga oydinlik kiritish yangi tartibning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka tushuntirish uchun quyidagilar ma’lum qilinadi.

Isitish davrining har bir kuniga 1 kv.m. isitiladigan maydon hisobida to‘lash bo‘yicha yangi to‘lov tartibi aholi tomonidan berilgan takliflarga asosan joriy etilgan. Oldingi to‘lov tartibi bo‘yicha iste’molchilar tomonidan doimiy ravishda «issiqlik ta’minoti 4,5-5 oy berilayotgan bo‘sa nima uchun 12 oy davomida hisob-kitoblar qilinadi» degan ko‘plab e’tirozlar va arizalar bo‘lar edi.

Tariflar ko‘tarilishi fuqarolarning turmush darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi xaqida tashvishlarga hech qanday asos yo‘q, chunki isitish davrining har bir kuniga 1 kv.m isitiladigan maydon hisobida to‘lash tartibi issiqlik ta’minoti uchun tariflarni oshirilishini nazarda tutmaydi, faqat to‘lovlarni amalga oshirish tartibi o‘zgartirilmoqda.

Oldingi to‘lov tartibi bo‘yicha to‘lovlar 12 oy davomida hisob-qitob qilingan va isitish kunlari e’tiborga olinmagan. Misol uchun, 2018-2019-yillarda isitish mavsumi 135 kun, 2017-2018-yillarda — 148 kun davom etgan, 2019-2020-yillar karantin sharoitlarini e’tiborga olgan holda — 165 kunni tashkil etdi.

Joriy etilgan yangi tartib bo‘yicha to‘lovlar faqat isitish mavsumining har bir kuniga hisob-kitob qilinadi. Shunga ko‘ra, faqat isitish mavsumi davrida to‘lovlar oshgan bo‘lsa-da, isitish mavsumi yakunlangandan so‘ng to‘lovlar amalga oshirilmaydi».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring