Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

IIV tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Foto: «Xabar.uz»

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi magistratura bitiruvchisi (1-daraja) podpolkovnik Eshimbetov G‘ulamjon Sultanbayevich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi magistratura bitiruvchisi (1-daraja) podpolkovnik Shermatov Qahramon Xotam o‘g‘li Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Ma’naviy – ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik Shodiyev Sherzod Fayzullayevich Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Ma’naviy – ma’rifiy va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Sh.Shadiyev Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari – Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Xidirov Bahrom Maxamadovich Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar B.Xidirov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi magistratura bitiruvchisi (1-daraja) podpolkovnik Boltayev Murod Mamarajabovich Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi magistratura bitiruvchisi (1-daraja) podpolkovnik Yusupov Akbar Ikromovich Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring