Yangi qoida: Fuqaro katta miqdorda pul o‘tkazmalarini jo‘natsa yoki olsa, operatsiya shubhali deb topiladi
Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Tasdiqlangan qoidalarga ko‘ra, yuqori mansabdor shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni chuqur monitoring qilish ichki nazorat tizimining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Shuningdek, pochta aloqasi operatorlari, provayderlari ichki nazorat tizimining tegishli tuzilmasini tashkil etishi lozim.
Ichki nazorat tizimi rahbari va mas’ul xodimlari ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida pochta aloqasi xodimlaridan kerakli boshqaruvchilik, buxgalteriya va boshqa hujjatlarni talab qilib olish huquqiga ega.
Foydalanuvchining shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish, foydalanuvchining benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash, foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni ularning bunday foydalanuvchi va uning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda o‘rganish o‘tkazish foydalanuvchini tekshirish choralari hisoblanadi.
Bundan tashqari agar foydalanuvchi 30 kalendar kuni davomida umumiy summasi 184 mln 300 ming so‘mdan oshadigan pul o‘tkazmalarini jo‘natsa yoki olsa operatsiya shubhali deb topiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter