Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mudofaa qo‘shinlariga yangi jangovar texnikalar keltirildi (foto)

Mudofaa qo‘shinlariga yangi jangovar texnikalar keltirildi (foto)

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

2-avgust kuni «Chirchiq» poligonda xorijdan xarid qilingan eng so‘nggi rusumdagi harbiy texnikalarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi. 

Mazkur jangovar mashinalarning o‘ziga xosligi uning barcha qismlari avtomatlashtirilganida. Shuningdek, u yuqori tezlikda harakatlanadi, manyovrchan, sig‘imi keng.

Ularni o‘zlari biriktirilgan mexanik-haydovchilarga topshirish tantanalarida Mudofaa vazirining qurollinish va qurol-aslaha bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Oybek Ismoilov, Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Qahramon Ermatov ishtirok etdi.

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

So‘zga chiqqanlar harbiy xizmatchilarga bildirilayotgan yuksak ishonch,yaratilayotgan imkoniyatlar va shunga munosiblik hissi to‘g‘risida to‘xtaldilar. Yangi jangovar mashinalar ham yurtimizdagi osoyishtalikni mustahkamlashga, jangovar qudratni yanada oshirishga xizmat qilishi lozimligini ta’kidladilar.

Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

Ta’kidlash kerakki, 2018-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasida qo‘shinlarni zamonaviy qurol-aslahalar va harbiy texnikalar bilan ta’minlash hamda mustaqil mudofaa-sanoat majmuasini yaratish ko‘zda tutilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring