Yana bir xususiy bandlik agentligi mansabdorlariga nisbatan tergov harakatlari boshlandi
Yana bir xususiy bandlik agentligi mansabdorlariga nisbatan tergov harakatlari boshlardi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, Samarqand shahrida faoliyat ko‘rsatgan «Consort xususiy bandlik agentligi» MChJ mansabdorlari roppa rosa bir yil davomida (2018-yilning dekabridan - 2019-yil dekabrigacha) xorijda ishlash istagini bildirgan fuqarolarga Yaponiya, Germaniya va boshqa xorijiy davlatlariga ishga yuborishni va’da qilishib, 100 yaqin odamlardan jami 786.948.000 so‘m pullarni qo‘lga kiritishgan.
Holat yuzasidan «Consort xususiy bandlik agentligi» MChJ direktori M.O. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi doirasida jami 95 nafar fuqarolar ariza bilan murojaat qilgan bo‘lib, shulardan 84 nafari jabrlanuvchi deb e’tirof etilgan, qolgan 11 nafari respublikamizning turli viloyatlarida yashab kelayotganligi sababli ular bilan bog‘liq tergov harakatlarini o‘zlarining yashash hududi bo‘yicha o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda.
Dastlabki tergov davomida yetkazilgan moddiy zararning 366 mln. so‘m qoplangan.
Jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter