Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana firibgarlik. Koreyaga yuborish xususiy bandlik agentliklari vakolatiga kirmaydi

Yana firibgarlik. Koreyaga yuborish xususiy bandlik agentliklari vakolatiga kirmaydi

«Optimal job for you» xususiy bandlik agentligiga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishi vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda mehnat vazirligi tomonidan ma’lum qilindi.

«Optimal job for you xususiy bandlik agentligi» MChJ xodimlari fuqarolarni Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilgan, biroq shartnoma shartlarini bajarmagan.

Shu munosabat bilan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi Qarori asosida tasdiqlangan «O‘zbekiston Respbulikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomining» 45-bandiga muvofiq, «Optimal job for you xususiy bandlik agentligii» MChJ litsenziyasining amal qilishini 10 ish kuni muddatiga to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

10 kun davomida «Optimal job for you xususiy bandlik agentligi» MChJ tomonidan Nizomning 46-bandiga binoan keltirilgan holatlarni ijobiy hal qilish talab qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Koreya Respublikasidagi vaqtinchalik mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yish ikki davlat Mehnat vazirligi tomonidan imzolangan Anglashuv memorandumi asosida amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, Ye9 viza bilan fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga joylashtirish vakolati faqat Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi zimmasiga yuklatilgan.

Koreya Respublikasida ishga joylashtirish xususiy bandlik agentliklari vakolatiga kirmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring