Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xo‘jaobod tumanida hokim o‘zgardi

Xo‘jaobod tumanida hokim o‘zgardi

Andijon viloyati hokimi qaroriga asosan Xo‘jaobod tumani hokimi lavozimiga Bozorboyev Jamshid Rafiqjon o‘g‘li tayinlandi.

Jamshidbek Bozorboyev 1990 yili Izboskan tumanida tug‘ilgan. 2015 yilda Andijon qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida tuman hokimligi, Andijon viloyati «Suvoqava» DUK, «Toza hudud» DUK, Ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilish, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalarida bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i, rahbar o‘rinbosari va rahbar lavozimlarida  ishlagan.

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Andijon viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Avvalroq viloyatning Oltinko‘l tumaniga yangi hokim tayinlangani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring