Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xavotirli raqamlar: Toshkentda havo harorati keskin oshib ketishi kutilmoqda

Xavotirli raqamlar: Toshkentda havo harorati keskin oshib ketishi kutilmoqda

Foto: Xabar.uz

2050-yilga borib, poytaxt Toshkentda eng issiq yoz oyi harorati +6,1 darajaga yuqorilab ketishi aytilmoqda.

Hozirgi yoz oylarining me’yordan 2-3 daraja yuqorilashiga asta ko‘nikyapmiz va bu shu nuqtada to‘xtab turishini anglatmaydi, deya yozadi mutaxassis Erkin Abdulahatov.

«Impact Faktori indeksi yuqori tavsiflangan PLOS.ORG ilmiy jurnalida ajoyib maqola chop etilgan ekan. Ishonchli iqlim model ma’lumotlari asosida olimlar dunyodagi 520 ta shahardagi iqlim sharoitining 2050-yilda qanday o‘zgarishga duch kelishini baholashgan.

22 foiz shaharlarda 30 yildan so‘ng kutiladigan iqlim sharoiti hozirgi mavjud bironta shahar iqlimini takrorlamaskan. Chorak asrdan so‘ng Moskva iqlimi Sofiyaga, London havosi Barselonaga, Madrid iqlimi hozirgi Marokash iqlimiga o‘xshab ketarkan» deya yozadi meteorolog.

Boshqacha aytganda, kelgusi 30 yillikda shimoliy yarim sharda iqlim mintaqalari 1000 km shimolga ko‘chadi (yiliga 20 kmdan).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring