Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni: O‘zbekistondagi vaziyat fakt va raqamlarda (video)

26-iyun — “Xalqaro giyohvand moddalarning suiiste’moli va noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish” kuni. Shu munosabat bilan Toshkent shahrida tashkil etilgan tadbirda noqonuniy muomaladagi musodara etilgan 2 tonna 51 kg 644,96 gr. giyohvandlik vositalari maxsus pechlarda yoqildi.

Bundan tashqari, 496 marka LSD, 22 789 tup ko‘knor o‘simligi, 3 977 tup kannabis o‘simligi, 77 201 dona tabletka, kapsula, ampula ko‘rinishidagi giyohvandlik va psixotrop moddalar va tarkibida giyohvandlik vositalari mavjud bo‘lgan 9 l 976,42 ml. turli aralashmalar yoqib yo‘q qilish uchun tayyorlangan.

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi kengayib borishi, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni notibbiy maqsadlarda suiiste’mol qilinishining ortishi, afg‘on opiatlarini “Shimoliy yo‘nalish” orqali tranzitining yangi kanallarini shakllanishi va mavjudlarining faollashuvi ortidan, butun dunyoda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham kuzatilayotgan narkovaziyat keskinligicha qolmoqda.

Mamlakatimizga afg‘on narkotiklarini, asosan, Tojikiston va Qirg‘iziston orqali janubi-sharqdan — Samarqand va Sirdaryo viloyatlariga, shimoli-sharqdan — Farg‘ona vodiysi viloyatlariga va Toshkent viloyatiga hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Afg‘onistondan Amudaryo orqali Surxondaryo viloyatiga olib kirish holatlari uchramoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi (Markaz) ma’lumotiga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar amalga oshirayotgan tezkor-amaliy va tezkor profilaktik tadbirlar natijasida 2022-yilda giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq 8 681 (7 142) ta jinoyat aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining an’anaviy tajribasiga muvofiq, sud jarayonida ashyoviy dalillar sifatida o‘tgan giyohvandlik vositalari, sud hukumi qonuniy kuchga kirgach, maxsus pechlarda yoqib yuboriladi. Ushbu tadbirda mutasaddi idoralar xodimlari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring