Xalq banki lotereyasida yutib olingan «Spark» egasiga topshirildi
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki o‘z mijozlariga xursandchilik ulashishni davom etmoqda, deb xabar bermoqda bank axborot xizmati.
«Sharqona lotto» lotereyasi «36 dan 6» o‘yinining 2019-yil 21-avgustdagi 130-yutuqlar tiraji natijalariga ko‘ra, «bonus» shari bilan xorazmlik yurtdoshimiz Satibbay Allanazarov «Spark» avtomobilini yutib oldi. Bugun, 11-sentyabr kuni Satibbay akaga ushbu avtomobil tantanali ravishda topshirildi.
Xalq banki o‘yin tashkilotchisi sifatida turli lotereyalarni tashkil etib, 10 ta lotereya turi bo‘yicha o‘tgan davrda minglab fuqarolarimizga 177 mlrd. so‘mdan ziyod bo‘lgan pul-buyum yutuqlarini to‘lab berdi.
Shu paytgacha mamlakatimizda ishlab chiqarilgan har xil rusumdagi 104 ta avtomobil yutuq egalariga taqdim etildi. Birgina joriy yilning o‘tgan davrida omadli yurtdoshlarimizga jami 43 mlrd. so‘mdan ortiq yutuqlar hamda 11 ta «Spark» va 1 ta «Orlando» avtomobili o‘z egalariga topshirildi.
«O‘yin ishtirokchilari uchun bundan-da zo‘r yutuqlar tayyorlab qo‘yilgan. Siz ham omadingizni sinab ko‘ring, Xalq bankining omadli ishtirokchisiga aylanib, g‘olib bo‘ling», deyiladi bank axborot xizmati xabarida.
Reklama huquqi asosida
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter