«Uzbekistan GTL»ga direktor tayinlandi
Bahodirov Alisher Shukuraliyevich — «Uzbekistan GTL» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori lavozimiga tayinlandi.
A.Bahodirov shu kunga qadar «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati Gazni qayta ishlash va gazkimyo departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
U o‘z faoliyatini 2000 yilda «Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» unitar sho‘’ba korxonasi polietilen sexi kuzatuvchisi, smena muhandisligidan boshlagan.
O‘tgan yillar davomida «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatida uglevodorodlarni chuqur qayta ishlashni rivojlantirish bo‘yicha samarali faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassislardan hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu zavod mamlakatimizda va umuman mintaqamizda neft-gaz-kimyo sanoati sohasidagi eng yirik korxonadir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter