Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uy-joy solig‘ini uch karra undirish bekor qilinadi

Uy-joy solig‘ini uch karra undirish bekor qilinadi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekistonda fuqarolardan uy-joy solig‘ini uch karra undirish to‘xtatiladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot kotibi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hozirda qonunchilikka muvofiq yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanib kelayotgan fuqarolardan belgilangan soliq stavkalarining uch baravari miqdorida undirish belgilangan.

Aholiga qulaylik yaratish va fuqarolarning ijtimoiy jihatdan qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash maqsadida Adliya vazirligi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida» qonun loyihasi ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Unga ko‘ra, 2020-yil 1-yanvardan 2023-yil 1-iyungacha bo‘lgan davrda jismoniy shaxslardan, ya’ni yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanib kelayotgan fuqarolardan soliq stavkalarining uch baravari miqdoridagi soliqlarni (Soliq kodeksining 437-moddasi to‘qqizinchi qismi) undirmaslik nazarda tutilmoqda.

Qayd etish kerakki, 2020-yil 1-yanvardan bugungi kunga qadar fuqarolar tomonidan soliq stavkalarining uch baravari miqdoridagi soliqlarni to‘lab kelayotgan bo‘lsa, keyinchalik to‘langan soliq summalari Soliq kodeksiga muvofiq qayta hisob-kitob qilinishi belgilanmoqda.

Shu bilan birga, yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoki mavjud hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanib kelayotgan fuqarolardan soliq undiruvi endilikda Soliq kodeksining 437-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan umumiy tartibda amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring