USAID o‘zbek jurnalistlarini qayta tayyorlamoqda
Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi tomonidan USAIDxalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda hududiy jurnalistlar uchun navbatdagi seminar-trening o‘z ishini boshladi.
«O‘zbekiston sud-huquq tizimi islohoti: OAVda yoritish» mavzuida davom etayotgan ikki kunlik seminar-treningda qonun ustuvorligi, sud-huquq islohotlari mohiyati, sud hokimiyatining ochiqligini ta’minlash, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda OAVning faolligini ta’minlash masalalari muhokama qilinmoqda.
Treningda 20 nafardan ortiq jurnalistlar guruhlarga bo‘lingan holda axborot manbasi bilan ishlashga, sud-huquq mavzusini yoritishda jurnalistik imidjni yaratish, huquqiy mavzuda fakt-cheking bilan ishlash hamda tahliliy materiallar orqali sohada mavjud muammolar yechimiga jamoatchilik nazoratini qo‘llagan holda yechim topishga asosiy e’tibor qaratildi.
Tadbirda sud hokimiyati sohasida erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda, hali hal etilishi lozim bo‘lgan vazifalar, xususan fuqarolarning sud himoyasidan foydalanish huquqini yanada kuchaytirish lozimligi, bu borada sud-huquq idoralari va ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi.
Tadbirda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolarning dolzarb muammolarini hal etishda davlat, shu jumladan sud-huquq organlarining aholi bilan ochiq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotini kuchaytirish, jamiyatda qonun ustuvorligini, mamlakatda tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlikning qaror topishi masalalarining OAVda keng yoritilish masalalari ham interaktiv usullar bilan muhokama qilindi.
Tadbir jarayoni jonli, interfaol va bahs-munozalar bilan davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter