Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urgutlik «Ahmadboy» fuqaroni 580 ming dollarga chuv tushirdi

Urgutlik «Ahmadboy» fuqaroni 580 ming dollarga chuv tushirdi

Foto: «Thegreenhead.com»

O‘zbekistonda bir fuqaro ikkinchisini 580 ming AQSh dollariga chuv tushirdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati bergan ma’lumotga asoslanib, «Sputnik» xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, voqea Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 2017-yil dekabr oyida sodir bo‘lgan. Noma’lum shaxs 1982-yilda tug‘ilgan I.M.ga Xitoy va BAAning Dubay shahriga quritilgan mayiz mahsulotlarini eksport qilish orqali daromad olishni taklif qilib, undan 580 ming AQSh dollarini olib voqea joyidan yashiringan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Samarqand viloyati Urgut tumani Vag‘ashti qishlog‘ida yashovchi, 1983-yilda tug‘ilgan H.I. sodir etgani aniqlangan.

«Eslatib o‘tamiz, moliyaviy piramida asoschisi — toshkentlik Ahmadboyning kirdikorlari fosh qilingach, O‘zbekistonda odamlarni pulga chuv tushiradigan «shovvoz»larga xalq orasida «Ahmadboy» laqabi berilmoqda», — deb yozadi «Sputnik» nashri.

Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati fuqarolarni ehtiyot bo‘lishga, firibgarlarning nayrangiga uchmaslikka tez-tez  da’vat qilib kelsa-da, katta miqdordagi pullarini tovlamachilarga o‘z qo‘llari bilan topshirayotgan fuqarolar hamon topilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring