Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urganch davlat universiteti dekani qo‘lga olindi

Urganch davlat universiteti dekani qo‘lga olindi

Foto: Prokuratura departamenti.

Xorazm viloyatida ijodiy (kasbiy) imtihondan o‘tkazib qo‘yishni va’da qilgan dekan ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xiva shahar bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Urganch davlat universiteti fakultet dekani S.K. fuqaro Z.O‘.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida ushbu universitetda o‘tkaziladigan ijodiy (kasbiy) imtihondan o‘tishiga amaliy yordam berishi evaziga 2 600 AQSh dollari va 2,5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring