Buxoroda institut dekani o‘rinbosari qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Buxoro shahar bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda Buxoro muhandislik texnologiya instituti fakultet dekani o‘rinbosari institutning 1-bosqich talabasi X.ning ishonchiga kirib, o‘zining vakolatli tanishlari orqali uning o‘qishini 500 AQSh dollari evaziga kunduzgi bo‘limdan sirtqi bo‘limga ko‘chirib berishini va’da qilgan. O‘rinbosar oldindan 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter