Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘qon davlat pedagogika instituti yoshlar yetakchisi va fakultet dekani ushlandi

Qo‘qon davlat pedagogika instituti yoshlar yetakchisi va fakultet dekani ushlandi

Illyustrativ foto

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qo‘qon shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tanishini o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga pul olgan shaxslar ushlandi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Qo‘qon davlat pedagogika instituti yoshlar yetakchisi B.X. va fakultet dekani V.X.lar firibgarlik yo‘li bilan daromad orttirish maqsadida oldindan til biriktirib, fuqaro Z.S.ning ishonchiga kirib uning tanishi A.ni mazkur institutga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlanganlar.

Xuddi shunday holat Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan Toshkent shahar IIBB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ham fosh bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, fuqaro J.P. fuqaro B.X.ning ishonchiga kirib, uning o‘g‘lini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 8 000 AQSh dollari talab qilib, shundan, 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring