Ulug‘ kunlarda yaxshilar ko‘magiga muhtojman!
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portaliga murakkab vaziyatga tushib qolgan, saxiy insonlar ko‘magiga muhtoj bo‘layotgan hamyurtlarimizdan murojaatlar muntazam kelib turadi. Bu safargi maqolamiz qahramoni ham ramazonning fayzli kunlarida umid bilan maktub yo‘llagan. Dard kutilmaganda keladi va uni yengishga ba’zan bir kishining kuchi yetmaydi. Ulug‘ kunlarda zakotni kimga berishni bilmay turgan, ezgu ishlarni maqsad qilgan qo‘li ochiq insonlarni bugun xayriyaga chorlab qolamiz.
«Assalomu alaykum «Xabar.uz»ning xolis va fidoyi ijodkorlari. Men, Narzullo Obidov, Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida yashayman, yoshim 38 da. Sizlarga murojaat qilishimdan maqsad menda 1993 yildan buyon revmatoid poliartrit (bo‘g‘inlar shikastlanishi) bo‘lganligi sababli yillar davomida katta bo‘g‘inlarda yemirilish kuchayib, ularning o‘rniga sun’iy bo‘g‘in — endoprotezga muhtojlikni keltirib chiqardi. 2012 yildan buyon oyoq bo‘g‘inlarimda bir nechta jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Bu operatsiyalarga juda katta mablag‘lar sarf qilindi. Hozirga kelib shifokorlar o‘ng tizzamda kuchli yemirilish bo‘lganligi uchun endoprotez qo‘yishni tavsiya qilishayapti. Ushbu jarrohlik amaliyotini o‘tkazish va «Endomedikal plus» MChJdan endoprtezni sotib olishim uchun katta mablag‘ zarur.
Men 2001-yildan 2007-yilgacha Toshkent Islom Universitetida bakalavr va magistr bosqichlarini tamomlaganman. Bitirganimdan keyin bir necha yil Sebzordagi arab tiliga ixtisoslashgan 22-maktabda va yana bir NTMda arab tilidan dars berdim. Oxirgi ishlagan yillarimda ko‘p marta jarrohlik amaliyotlari o‘tkazdim. Tayoqda yurishga zarurat tug‘ilib, dars berishda jismoniy qiyinchilik tug‘ildi. Qolaversa, Toshkentda ijarada yashayotganligim sababli, moddiy muammolarning ko‘pligi tufayli 2006-yilda Yangiyerga ko‘chib keldim.
Sizlarning ijtimoiy tarmoqlarda yoritayotgan yangiliklaringiz, xabarlaringiz va har xil sohada yordam so‘ragan odamlarga beminnat berayotgan yordamlaringizni muntazam ravishda kuzatib boraman. Bu fidoyilarcha faoliyatingizni jamiyatga, davlatga va dinimizga xolis xizmat deb baholayman. Sizlarga xat yozishimga ham aynan shu narsa sabab bo‘ldi.
Hurmatli «Xabar.uz» ijodkorlari — menga jarrohlik amaliyotini o‘tkazib, sog‘lig‘imni tiklashim uchun zarur bo‘lgan mablag‘ni to‘plashimda yordam berishingizni so‘rayman!».
Narzullo Obidovning telefon raqamlari: +99894 169 49 09, +99899 477 61 09.
Narzullo Obidov nomiga ochilgan plastik karta:
Xalqaro o‘tkazmalar uchun:
Ehsonlaringizni Alloh qabul qilsin va topganingizga baraka yog‘dirsin!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter