Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uchko‘prikda qish-qirovli kunlarda uylar buzilib, aholi ko‘chirilmoqda...

Uchko‘prikda qish-qirovli kunlarda uylar buzilib, aholi ko‘chirilmoqda...

Foto: «Xabar.uz»

Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanidan kelayotgan xabarlarga qaraganda «O‘rozmergan» mahallasidagi qator uy-joylar yo‘l qurilishi munosabati buzilishga tushgan. Bu tadbir qishning sovuq kunlarida, aholini uy-joy bilan ta’minlamasdan turib amalga oshirilayotgani aytilmoqda.

Aholi uylari buzilishini avvaldan bilgan, bunga monelik qilishmagan ham. Sababi mahalliy hokimiyat ularga yer maydoni berilishini, berilgandayam shu mahallaning o‘zidan ajratilishiga qattiq ishontirishgan ekan. Biroq keyinchalik ma’lum bo‘ladiki, uyi buzilgan fuqarolarga  dasht hududidan yer ajratilgan.

«Bu hududda na svet, na gaz, na QVP bor! Maktab, bog‘cha haqida-ku gapirmasayam bo‘ladi», — deydi «Xabar.uz»ga murojaat qilgan mahalliy fuqarolardan biri.

Sovuq kunlardagi bunaqa «faollik»dan yosh bolalar, qariyalar, bemorlar ayniqsa ko‘proq aziyat chekishi tabiiy.

Foto: «Xabar.uz»

Ayni paytda hamma uylar buzilib bo‘lingan, faqat og‘ir bemori bor xonadon qolgan, xolos.

Bu yog‘i nima bo‘ladi?

Xabar.uz axborot-tahliliy portali voqeаlar rivojini kuzatib bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring