Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uch milliard so‘mdan ortiq pul aholi foydasiga hisob-kitob qilindi

Uch milliard so‘mdan ortiq pul aholi foydasiga hisob-kitob qilindi

Foto: Xabar.uz

Namangan viloyatining shahar va tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga viloyat aholisi tomonidan murojaat kelib tushgan. 

Unda «Toza hudud» DUK, «Namangan musaffo iqlim», «Orif nurli kelajak» va «Chashmai safed-gaz» MChJlarning 2023 yil yanvar, fevral oylarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib ketish bo‘yicha sifatli xizmat ko‘rsatmagani to‘g‘risida arz qilingan. 

Namangan shahri, Mingbuloq, Kosonsoy, Namangan, Norin, Pop, Uychi, Uchqo‘rg‘on, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tumanlaridagi jami 389 ta mahalla yuqorida keltirilgan MChJlar bilan shartnoma imzolagan. Ammo qish mavsumidagi anomal sovuq vaqtida korxona avtomobillari va maxsus texnika vositalariga yonilg‘i quyish bo‘yicha muammolar yuzaga kelgani sababli, yanvar, fevral oylari davomida qatnov grafigi yo‘nalishi bo‘yicha MFYlarga to‘liq xizmat ko‘rsatish imkoni bo‘lmagan.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, «Toza hudud» DUK, «Namangan musaffo iqlim», «Orif nurli kelajak» va «Chashmai safed-gaz» MChJlar tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib ketish bo‘yicha to‘liq xizmatlar ko‘rsatilmagan davrlar uchun jami 3 865 841 500 (uch milliard sakkiz yuz oltmish besh million sakkiz yuz qirq bir ming besh yuz) so‘m to‘lovlarning aholidan undirilishi bekor qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring