Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uch asrni ko‘rgan onaxon — Fotima Mirzoqulova vafot etdi

Uch asrni ko‘rgan onaxon — Fotima Mirzoqulova vafot etdi

Foto: «Xovar»

«Xovar» agentligi xabar berishicha, Tojikistonning So‘g‘d viloyati, Asht tumani Shaydon jamoatiga qarashli Dahan qishlog‘ida yashab kelgan Fotima Mirzoqulova 127 yoshida vafot etdi.

Fotima Mirzoqulova 1893-yilning 13-mart kuni Asht tumanining Qahramon qishlog‘ida (sobiq Buloq qishlog‘i)da tavallud topgan. Turmushga uzatilganidan so‘ng Dahan qishlog‘ida yashab kelgan.

Hamqishloqlarining so‘zlariga qaraganda, butun umr kolxozda ishlagan. Sakkiz farzandni dunyoga keltirib, boqib-tarbiyalagan. Pensiyaga chiqqanidan keyin ham tinim bilmagan deyishadi, uzzukun paxta dalasidan kelmagan.

OAV ma’lumotlariga qaraganda, Fotima ona umrining so‘nggi kunigacha o‘zi mustaqil harakat qilgan, sog‘lig‘idan umuman shikoyat qilmagan. Hatto yoshlik davrlarini, Katta Farg‘ona kanali qurilishiga borib ishlaganini, Ikkinchi jahon urushi qahramoni To‘ychi Erjigitovgacha yaxshi eslagan.

Foto: «Xovar»

Fotima onadan 200 dan ortiq nevara, evara va chevaralar qoldi, onaxon 19, 20 va 21-asrlarni ko‘rdi, uchta tarixiy davr — Chor Rossiyasi, Sovet ittifoqi va mustaqil Tojikistonda umrguzaronlik qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring