Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ucell o‘z an’anasiga sodiq qoldi (foto)

Ucell o‘z an’anasiga sodiq qoldi (foto)

Navro‘z bayrami arafasida Ucell kompaniyasi navbatdagi ekologik aksiyani o‘tkazdi va Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida joylashgan hamda kompaniya tomonidan otaliqqa olingan Axborot texnologiyalarini chuqur o‘rganishga ixtisoslashtirilgan 3-sonli maktab hududiga 170 tup nastarin nihollari, 40 ta pavlovniya va 10 ta kashtan ko‘chatlari ekildi.

Ucell kompaniyasi atrof-muhit muammolariga doim alohida e’tibor qaratadi va bahor kelishi bilan yashil aksiyalarni boshlaydi.

2019-2020 yillarda Ucell volontyorlari Toshkentdagi beshta park zonalarida 653 ta ko‘chat: chinorlar, lenkoran akatsiyasi, pavlovniya va nastarin nihollarini ekishdi.

Qarshi va Navoiyda hind nastarinlari va ispan droklarini ekdilar.

O‘tgan yilning oktyabr oyida Termizda birinchi keng miqyosli ekologik aksiya bo‘lib o‘tdi, uning davomida Abu Iso at-Termiziy va Al-Hakim at-Termiziyning 1200 yilligi sharafiga 1200 ta kashtan daraxtlari ekildi.

Hashar o‘zbek xalqining eng ezgu an’analaridan biridir. Butun mamlakat bo‘ylab har yili odamlar ixtiyoriy ravishda yig‘ilib jamoat joylarini tozalab, shaharlarning yashil hududlarini obod qilishadi. Ushbu ajoyib an’ana har doim Ucell ko‘ngillilarining qalbida o‘z o‘rnini topgan.

Joriy yilda kompaniya O‘rtachirchiq tumanidagi axborot texnologiyalarini chuqur o‘rganishga ixtisoslashtirilgan 3-sonli maktab hududida 170 tup nastarin nihollari, 40 ta pavlovniya va 10 ta kashtan ko‘chatlari ekdi.

Maktab Prezident qaroriga muvofiq 2020 yil 6 oktyabrdan Ucell kompaniyasi tomonidan otaliqqa olingan.

Ekologik hasharda Ucell kompaniyasining ko‘ngillilari va Toshkent viloyati Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari ishtirok etishdi. Aksiya karantin qoidalariga rioya qilingan holda amalga oshirildi.

Baxtbergen Xudayberganov, 3-ixtisoslashtirilgan maktab direktori:

— Bahorda hasharlarni uyushtirish va daraxtlar ekish ajoyib an’ana. Ucell har yili atrof-muhitni muhofaza qilish aksiyalarida qatnashib, Toshkent shahrida va viloyatlarda daraxtlar ekadi. Maktabimiz bu yil daraxtlar ekiladigan maydon sifatida tanlanganidan juda xursandman. Bunday harakatlar jamiyatda atrof-muhitga nisbatan mas’uliyatli munosabatni shakllantiradi, shuningdek, yosh avlodda tabiatga bo‘lgan muhabbat va hurmatni kuchaytiradi. Ushbu tashabbus uchun Ucellga minnatdorligimni bildiraman. O‘z navbatda, daraxtlar yaxshi ildiz otishi va maktabimiz yonida salqin bog‘cha paydo bo‘lishi uchun barcha kerakli harakatlarni qilamiz.

Sunnat Raxmankulov, «COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi  xodimi:

— Katta daraxtning soyasida sokinlik va osoyishtalikni sezganmisiz? Daraxtlar yonida xotirjamlik va tinchlik hissi paydo bo‘ladi. Zamonaviy urbanizatsiyalashgan dunyoda ko‘pincha tabiat bilan yolg‘iz qolishni xohlaymiz. Kompaniya daraxt ekish tadbirlarini tashkil etayotgani juda yaxshi tashabbus deb o‘ylayman. Ularda doimo zavq bilan qatnashaman. Mamlakatimiz ekologiyasiga o‘z hissamni qo‘shayotganimdan hursandman.

Daraxt turlari landshaft dizayni bo‘yicha mutaxassislar va Toshkentni obodonlashtirish bo‘yicha agronomlar bilan maslahatlashgan holda tanlangan. Barcha navlar mahalliy iqlim sharoitlariga to‘liq mos keladi. Ko‘chatlar kamida uch yosh bo‘lib, balandligi esa 2 metr va undan yuqori.

Shunday qilib, birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan 220 tup ko‘chat ekildi, ularning soyasi tez orada yozning issiq kunlarda aholini bahramand qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring