Turkmanistonda keskin anomal issiq kuzatildi
Bugungi issiq havo to‘lqini Turkmanistonning 5 ta meteorologik stansiyasida kuzatuvlar tarixidagi aprel oyidagi eng issiq harorat rekordlarini barchasini yangiladi.
«Uch-Adji» kuzatuv punktida +42.2 daraja issiq harorat ro‘yxatga olindi. Ashxabodda +39.6 daraja harorat kuzatilib, 2015 yildagi aprel oyi uchun eng issiq harorat rekordini takrorladi.
Ta’kidlash mumkinki, «Meteojurnal» 12-13-aprel kunlari Turkmanistonda anomal issiq harorat kuzatilishini ma’lum qilgandi.
Mazkur haroratlar mamlakat uchun biroz noodatiyroq.
Eslatib o‘tamiz, «O‘zgidromet» ham aynan shu kunlari O‘zbekistonda harorat keskin ko‘tarilishini aytgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter