Turkiyadagi zilzilada yo‘qolgan 2 nafar o‘zbekistonlik topildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, Turkiyadagi zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida safarbar etilgan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari Hatay viloyatining Ovakent qishlog‘ida qidiruv-qutqaruv ishlarini boshladi. Bu hududda asosan 10 mingdan ortiq etnik o‘zbeklar istiqomat qiladi.
2023-yil 7-fevral soat 17:00 holatiga, Turkiyadagi tabiiy ofat oqibatida 1 nafar o‘zbekistonlik vafot etgan, 15 nafar vatandoshimiz qidirilayotgan edi, bulardan 2 nafari bilan aloqa o‘rnatilib, 13 nafarini qidirish davom etmoqda.
Shuningdek, 17 nafar vatandoshimiz (bulardan 13 nafari sportchilar)ning zilzila sodir bo‘lgan hududdan Istanbulga kelishlariga yordam ko‘rsatilgan.
Qidiruv va yordam ishlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter