Turk harbiylari bir sutka davomida 58 nafar terrorchini yo‘q qildi
Suriyaning Afrin mintaqasida davom etayotgan «Zaytun novdasi» operatsiyasi mobaynida turk harbiylari yaqin bir sutka davomida 58 nafar jangarini yo‘q qildi. Bu haqda Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabiga tayanib 24-fevral kuni TASS xabar qildi. Shunday qilib operatsiya boshlangandan buyon shu kungacha yo‘q qilingan jangarilar soni 1931 taga yetgan.
«Qurolli kuchlar Afrinda davom etayotgan «Zaytun novdasi» operatsiyasida «Xalq mudofaa kuchlari», Kurdiston ishchi partiyasi, «Demokratik ittifoq» partiyasi hamda IShID ekstremistik tashkiloti safidagi 1931 nafar jangarini yo‘q qilishga erishdi», — deyiladi bosh shtab xabarida.
Shu yilning 20-yanvar kuni Turkiya qurolli kuchlari Suriya shimolida joylashgan, bir yarim million kurd istiqomat qiladigan Afrin mintaqasida yuqoridagi tashkilotlar pozitsiyalariga hujum boshlagan edi. Rasmiy Anqara ularni terrorchi tashkilot deb hisoblaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter