Transport sohasidagi rahbarlar lavozimidan olinib, «v.b» etib tayinlandi
«Ayrim rahbarlarning shaxsiy mas’uliyatini ko‘rib chiqish to‘g‘risida» Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Qarorga muvofiq, transport sohasidagi ishlar yetarli darajada tashkil qilinmaganligi va mutasaddi rahbarlarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida:
Ilhom Rustamovich Mahkamov transport vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, vazirning birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib;
Davron Tulkunovich Dehqonov transport vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, vazirning o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib;
Abdurahmon Abdullayevich Abduvaliyev transport vazirining o‘rinbosari – Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etilib, vazirning o‘rinbosari - Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi etib;
Tolib Egamberdiyevich O‘ljayev Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining direktori lavozimidan ozod etilib, ushbu agentlik direktori vazifasini bajaruvchi etib;
Doniyor Baxtiyorovich Ahmedov Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, mazkur inspeksiya boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib;
Faxriddin Muxiddinovich Solihov Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasining boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, mazkur inspeksiya boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Shuningdek, «O‘zbekiston temir yo‘llari» va «Uzbekistan Airways» AJlar aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining navbatdan tashqari majlisida:
Xusniddin Nuriddinovich Xasilovni «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etib, ushbu jamiyat boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlash;
«Uzbekistan Airways» AJ boshqaruvchisi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Ibragimovich Hakimovning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalalari ko‘rib chiqiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter