Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Toyota prado» ham ketdi, «Kaptiva-2» ham...

«Toyota prado» ham ketdi, «Kaptiva-2»  ham...

Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasidan o‘marilgan pullar qaytarildi. Buning uchun Majburiy ijro byurosi (MIB) Yashnobod tuman bo‘limi davlat ijrochisi yaxshigina ter to‘kishiga to‘g‘ri keldi.

Gap shundaki, Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi «a» bandi va boshqa moddalari bilan sudlangan R. A.ga oid «ish» doirasida  zararni qoplash uchun «Kaptiva-2»  va «Toyota prado land cruizer» avtomashinalari  xatlab qo‘yilgandi.  

Uzoq davom etgan tergov va sud jarayonlari poyoniga yetib, hukm qonuniy kuchga kirgach, mashinalar sotuvga qo‘yildi. Arzon bo‘lmagan  har ikki  avtomobilning davlat raqamlari  ham  qimmatbaho (707; 770) bo‘lib, sotuv vaqtida bu ko‘pam ahamiyat kasb etmadi. Umumiy hisobda salkam 300 millionga baholangan mashinalar esa xaridorini ko‘p kutgani yo‘q.  Sotuvdan tushgan pul jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni qoplashga yetgan chog‘i MIB xodimi  ijro ishini tamomlagan.

Alqissa, yemoqning qusmog‘i bor deganlari shu.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring