Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi «Buyuk Turon» ko‘prigi avtoulovlar harakati uchun ikki oyga yopildi

Toshkentdagi «Buyuk Turon» ko‘prigi avtoulovlar harakati uchun ikki oyga yopildi

Ayni kunlarda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Temur Malik ko‘chasida kengaytirish ishlari olib borilayotganligi sababli avtotransport vositalari harakati uchun yo‘lning ayrim qismlari yopildi.

Jumladan, joriy yil 20-iyun soat 21:00dan boshlab, 1-avgustga qadar Temur Malik ko‘chasining Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi bilan kesishmasidagi ko‘prik, «Buyuk Turon» ko‘prigi  avtoulovlar harakati uchun yopiladi.

Avtoulovlar harakatida: Buyuk Ipak yo‘lidan harakatlanayotgan avtoulovlar Temur Malik yo‘li bilan aylanib o‘tib, o‘z harakatlarini davom ettirishi mumkin bo‘ladi.  Avtoulovlarning harakatini tartibga keltirish maqsadida ushbu yo‘llar kesishmasida maxsus svetoforlar o‘rnatildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring