Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentlik bojxonachilar 200 quti «Parliament» va 130 quti «Marlboro»ning «yo‘lini to‘sishdi»

Toshkentlik bojxonachilar 200 quti «Parliament» va 130 quti «Marlboro»ning «yo‘lini to‘sishdi»

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi «Boshpochtampt» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan AQShdan fuqaro A.Roziqov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) nomiga kelgan pochta jo‘natmasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, unda 200 quti «Parliament» va 130 quti «Marlboro» sigaretlari, 1640 dona turli xil saqichlar borligi ma’lum bo‘ldi. Shu tariqa qonunbuzar pochta jo‘natmasi orqali umumiy qiymati salkam 40 mln. so‘mlik sigaret va saqichlarni yurtimizga olib kirishga uringan.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan va uning hududiga olib kelinayotgan tamaki mahsulotlarini belgilangan namunadagi aksiz markalari bilan majburiy markalash tartibi joriy etilgan. Mazkur tartibga rioya qilmasdan sigaretlarni yurtimizga olib kirish, aksiz markalarini yopishtirmagan holda tashish (xalqaro tranzitdan tashqari), saqlash va sotish taqiqlanadi.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi axborot xizmatidan xabar qilishlaricha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish hujjatlari tergov organiga yuborilgan.

Shuningdek, ushbu post xodimlari xorijdan kurerlik xizmati orqali keltirilgan pochta jo‘natmalarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazishganda ularda CN 23 xalqaro pochta deklaratsiyalarida ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati salkam 13 mln. so‘m bo‘lgan 30 ga yaqin texnika vositalari borligi aniqlandi.

Ushbu holatlar yuzasidan vaqtincha olib qo‘yilgan tovarlar Yashnobod tumani ma’muriy sudi qaroriga asosan davlat egaligiga o‘tkazilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring