Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentga kiraverishga art-ob’yektlar o‘rnatiladi

Toshkentga kiraverishga art-ob’yektlar o‘rnatiladi

Foto: IIBB axborot xizmati

Yaqin orada Termiz-Toshkent (M-39) trassasidan kirishda o‘zida poytaxtning mehmondo‘stligini aks ettiruvchi yangi art-ob’yektlar o‘rnatiladi.

IIBB axborot xizmatining xabar berishicha, birinchi navbatda «Toshkent» yozuvi restavratsiya qilinadi. Ushbu yozuv o‘tgan asrning 60-yillarida qurilgan bo‘lib, bugunga kelib asl ko‘rinishini yo‘qotgan. Mozaika bilan bezalgan yodgorlik toshi ham anchadan buyon ta’mirga muhtoj holga kelib qolgan.

Toshkent shahar hokimligi va IIBBning tashabbusi bilan ishchi guruh tuzilib, unga tegishli mutaxassislar kiritildi va «tashrif qog‘ozi»ning yangi loyihasi ishlab chiqildi. Ijodiy guruh g‘oyasiga ko‘ra, maxsus chiroqlar yordamida «Toshkent» so‘zi qorong‘i tunda ham yorqin ko‘rinadi. Yozuv ortida metall konstruksiyalar paydo bo‘ladi, ularda ham chiroqlar bo‘lib, konstruksiyalarda Toshkentning eng mashhur arxitektura majmualari va binolari silueti tushirilgan bo‘ladi.

Yodgorlik toshi qayta tiklanadi, uning atrofidagi maydon tartibga keltiriladi va yo‘l plitkalari paydo bo‘ladi.

Shuningdek, hududga dekorativ daraxtlar va gullar ekiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring