Toshkentdagi «Bo‘rijar» jome masjidiga imom-xatib tayinlandi
Toshkent shahridagi «Bo‘rijar» («Ilonlik ota» mahallasi) jome masjidiga yangi imom-xatib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi axborot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim Inomov jamoatga Alixonov Mirzatillo Abdullajon o‘g‘lini «Bo‘rijar» jome masjidi imom-xatibi etib tayinlash to‘g‘risidagi O‘MI raisining buyrug‘ini o‘qib eshittirdi.
Mirzatillo Alixonov bungacha Toshkent shahar «Tepa» jome masjidi imom noibi vazifasida faoliyat yuritgan hamda qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Kotibiyat bo‘limida xizmat qilib keladi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Shayxontohur tumani bosh imom-xatibi va «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom-xatibi vazifasiga tayinlangan Husniddin Abdukarimov Chilonzor tumani bosh imom-xatibi va «Bo‘rijar» jome masjidi imom-xatibi vazifalarida faoliyat yuritgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter