Toshkentda Turkiyaga yordam yig‘iladigan yana bir punkt tashkil etildi
Yangihayot tumanidagi «Tashkent INDEX»da turkiyalik qardoshlarimizga gumanitar yordam yig‘iladigan markazlashgan punkt tashkil etildi.
Turk qardoshlarimizga yordam sifatida 8 fevraldan boshlab yurtimizda gumanitar yordam yig‘ila boshlangandi. Ana shu harakatlarni markazlashtirish, yordam sifatida taqdim etilayotgan mahsulotlarni saralangan holda qadoqlash, logistikasini yo‘lga qo‘yish hamda yordam yukini hukumatlararo kelishgan holda manzilli yetkazishni ta’minlash maqsadida 11 fevraldan boshlab, Yangihayot tumanidagi «Tashkent INDEX» majmuasida «O‘zbekiston xalqidan turk qardoshlarimizga» gumanitar yordam yig‘iladigan markazlashgan punkt tashkil etildi.
Mazkur punktda respublikamizning barcha hududlarida yig‘ilayotgan yordam yuklari jamlanadi.
Turkiyadagi tabiiy ofat yuz bergan hududlardagi jabr ko‘rgan aholi ehtiyojidan kelib chiqqan holda xayriya yordamini ko‘rsatish istagidagi tadbirkorlar va aholimizga quyidagi 14 turdagi mahsulotlarni yetkazib berishga e’tibor berishlari tavsiya etiladi:
1.Chodir (palatka)
- Krovat
- To‘shak (matras)
- Ko‘rpalar
- Uxlash uchun maxsus qoplar
- Pech-isitgichlar
- Termos
- Qo‘l fonarlari
- Power-bank
- Generatorlar
- Chaqaloqlar oziq-ovqat yormasi
- Bolalar tagliklari
- Gigiyena mahsulotlari
- Oziq-ovqat mahsulotlari (konservalar)
Eslatib o‘tamiz, gumanitar yordam punkti 24 soat davomida ishlaydi. Punktda ko‘ngilli sifatida ishlash istagidagilar ma’muriyatga murojaat etishlari mumkin.
Izoh: foydalanilgan kiyimlarni olib kelish tavsiya etilmaydi.
Murojaat uchun telefon: 99-332-33-33.
Avvalroq Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgani O‘zbekistondan Turkiyaga insonparvarlik yordami yig‘ish vaqtincha to‘xtatilgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter