Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda sog‘aygan bemorlar soni 2100 nafarga yaqinlashdi

Toshkentda sog‘aygan bemorlar soni 2100 nafarga yaqinlashdi

Foto:«Xabar.uz»

Toshkentda 35 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. Bu haqda SSV xabar berdi. 

Tuzalganlarning 26 nafari erkak, 9 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 63 yoshda, kichigi esa 18 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent viloyatidan 7 nafar, Farg‘ona viloyatidan 6 nafar, Toshkent shahri va Jizzax viloyatidan 5 nafardan, Surxondaryo viloyatidan 4 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan 2 nafardan, Xorazm va Namangan viloyatlaridan 1 nafardan.

Endilikda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 2097 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 4166 nafarni tashkil etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring