Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda issiqlik ta’minoti uchun to‘lov tizimi o‘zgarmoqda

Toshkentda issiqlik ta’minoti uchun to‘lov tizimi o‘zgarmoqda

Foto:«Xabar.uz»

Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti uchun to‘lov tizimi o‘zgarmoqda. Bu haqda «Toshissiqquvvati» DUK xabar berdi.

O‘zbekiston prezidentining «Issiqlik ta’minoti tizimini takomillashtirish va issiqlik ta’minoti korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, 2020-2021-yillar isitish mavsumidan boshlab, markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun iste’molchilar bilan hisob-kitob, isitish davrining bir kuniga isitish maydonining 1 kv.m uchun xisob-kitob to‘lov tizimiga o‘tkazilishi belgilangan.

Isitish davrining bir kuniga 1 kv.m isitish maydoni uchun tarif – 142 so‘m miqdorida belgilandi.

Qolgan tariflar avvalgi darajada qolishi belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring