Toshkentda issiqlik ta’minoti uchun to‘lov tizimi o‘zgarmoqda
Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti uchun to‘lov tizimi o‘zgarmoqda. Bu haqda «Toshissiqquvvati» DUK xabar berdi.
O‘zbekiston prezidentining «Issiqlik ta’minoti tizimini takomillashtirish va issiqlik ta’minoti korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, 2020-2021-yillar isitish mavsumidan boshlab, markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun iste’molchilar bilan hisob-kitob, isitish davrining bir kuniga isitish maydonining 1 kv.m uchun xisob-kitob to‘lov tizimiga o‘tkazilishi belgilangan.
Isitish davrining bir kuniga 1 kv.m isitish maydoni uchun tarif – 142 so‘m miqdorida belgilandi.
Qolgan tariflar avvalgi darajada qolishi belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter