Toshkentda bolalar o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq xabarlarga munosabat bildirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda bolalar o‘g‘irligi bilan bog‘liq xabarlar tarqalmoqda. Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi holat yuzasidan brifing o‘tkazdi.
Qayd etilishicha, 2023 yil boshidan buyon shu mazmundagi 6 ta xabar tarqalgan va ular o‘rganilgan. Ushbu xabarlarning hech biri o‘z tasdig‘ini topmagan.
IIBBga ko‘ra, so‘nggi 5 yil davomida Toshkent shahrida birorta ham bola o‘g‘irlash holati qayd etilmagan.
Ammo bolalarning yo‘qolib qolishi bilan bog‘liq holatlar uchrab turadi. Xususan, 2022 yilning o‘zida Toshkent shahrida 231 nafar voyaga yetmagan bola bedarak yo‘qolgan.
Tahlillarga ko‘ra, aksariyat hollarda voyaga yetmaganlar o‘z ixtiyori bilan uylarini tark etgan. Yuqoridagi holatlarning barchasida bolalar topilib, oilalariga qaytarilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter