Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlari o‘zgaradi va yangilari ochiladi
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16 martdagi «Toshkent shahar yo‘lovchi transporti tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 157-sonli qaroriga muvofiq, Toshkent shahridagi mavjud avtobus yo‘nalishlari tarmog‘ini qayta ko‘rib chiqilmoqda.
Avtobus yo‘nalishlari harakatini muvofiqlashtirishning navbatdagi bosqichida, 2021 yilning 1 avgust kunidan boshlab, 9 ta (50, 56, 63, 82, 86, 100, 103, 105, 124-sonli) yo‘nalishlar harakatiga o‘zgartirishlar kiritish va 2 ta yangi (7, 181-sonli) yo‘nalishlarni ochish rejalashtirilmoqda.
Yo‘nalishlar harakatiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar quyidagi chizmalarda keltirilgan. To‘liq ma’lumot esa ushbu havolada mavjud.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter