Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatiga qatnovchi transportlar odatdagiday ishlashda davom etadi

Toshkent viloyatiga qatnovchi transportlar odatdagiday ishlashda davom etadi

Foto:«Xabar.uz»

Ma’lumki, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, 2021-yil 28-iyun kunidan boshlab 12-iyulga qadar, Toshkent shahriga viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali o‘ta zarurat bo‘lmagan hollarda kirish bo‘yicha cheklovlar o‘rnatildi.

«Toshshahartransxizmat» AJ tarkibidagi avtobus saroylari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan 24 ta avtobus yo‘nalishlari Toshkent viloyatining turli hududlarigacha qatnovlarni amalga oshiradi. 

Ushbu yo‘nalishlar xizmatlaridan foydalanuvchi aksariyat yo‘lovchilar Toshkent shahridagi idora va tashkilotlarda mehnat qilishi hamda ta’lim muassasalarida tahsil olishini inobatga olib, Toshkent viloyati hududiga qatnovlarni amalga oshiruvchi yo‘nalishlarning faoliyati o‘z ish tartibi va qatnov chizmasi asosida amalga oshirishda davom etadi, deya xabar qildi korxona matbuot xizmati.

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, Toshkent viloyati hududiga chiquvchi shahar avtobus yo‘nalishlari faoliyatiga doir cheklovlar joriy etilgan hollarda bu haqida «Toshshahartransxizmat» AJ tomonidan yo‘lovchilarga oldindan ma’lumot beriladi.

Ayrim YPX post maskanlari avtomobillar harakati uchun yopilgan hollarda, Toshkent viloyati hududiga chiquvchi avtobuslar harakati YPX post maskanigacha tashkil qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring