Toshkent viloyatidagi trassalarga yana radarlar o‘rnatildi
Toshkent viloyati 4R «Bektemir-Chorbog‘» avtomobil yo‘lining 7-km., 9-km., 11-km.lari oralig‘i, ya’ni Bordonko‘l MFYda, 14-km., 17-km.lari oralig‘i, ya’ni Istiqlol MFYda, «Yangibozor-Parkent» avtomobol yo‘lining 3-km. va 7-km.da hamda «Toshkent-Olmaliq» avtomobil yo‘lining 29-km., Polvonak MFYda yangi namunadagi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari o‘rnatildi.
Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, ushbu maxsus avtomatlashtirilgan foto qayd etuvchi radar hozirgi zamon talablariga to‘liq javob bergan holda ishni amalga oshiradi.
Maxsus avtomatlashtirilgan fotoradar belgilangan tezlikdan yuqori harakatlanayotgan avtoulovning tezligini qayd etib va shu vaqtning o‘zida yo‘l harakati qoidalari buzilgani bo‘yicha jarima solish to‘g‘risida ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning ishtirokisiz transport vositalarining mulkdorlariga qonunchilikda belgilangan tartibda qarorlar chiqarilib, fototasvir ilova qilinib, avtoulov egasi yashash manziliga jo‘natiladi.
Eslatib o‘tamiz, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasi talablari asosida 60 kun muddat ichida jarimalarni to‘lamaslik — jarima to‘lagunga qadar transport vositasini jarima maydoniga qo‘yishga asos bo‘ladi.
Yo‘l harakati qoidasini buzgan haydovchilarni aniqlashga mo‘ljallangan, avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari Toshkent viloyatining boshqa asosiy yo‘llari hamda shahar va tumanlarida bosqichma-bosqich o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter