Toshkent viloyatidagi to‘rtta tumanni ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan inshoot qurilmoqda

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari davomida «O‘zsuvta’minot» AJ mutasaddilari Toshkent shahridagi «Qodiriya» bosh suv inshootida bo‘ldilar.
«Qodiriya» bosh suv inshooti poytaxt aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan yirik inshoot bo‘lib, u yerda ayni paytda mavsumga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, Toshkent viloyatining 4 ta tumanini ichimlik suvi bilan ta’minlashga mo‘ljallangan yana bir yirik loyiha Qibray tumanida qurilmoqda. Osiyo taraqqiyot bankining 1-fazasi loyihasi doirasida bunyod etilayotgan «Qodiriya» qishloq hududiy suv inshooti viloyatning 4 tumanini ichimlik suvi bilan ta’minlashi rejalashtirilgan.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining birinchi o‘rinbosari, «O‘zsuvta’minot» AJ boshqaruvi raisi Sohib Saifnazarov va «Toshkent shahar suv ta’minoti» MChJ mutasaddilari ushbu obektlarda bo‘lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirishdi, qurilish ishlari bilan tanishishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter