Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent temir yo‘l vokzalida ham «yashil yo‘lak» paydo bo‘ldi

Toshkent temir yo‘l vokzalida ham «yashil yo‘lak» paydo bo‘ldi

Foto: «Sputnik»

Toshkentning markaziy temir yo‘l vokzali xizmatlaridan foydalanuvchi sayyohlar uchun «yashil yo‘lak» ochildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» OAJ vakillari o‘rtasidagi muzokaralarda tomonlar markaziy temiryo‘l vokzalida sayyohlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik shartnomasini imzolangan.

Hozirda sayyohlarni kutib olish va kuzatib qo‘yish ishlari «yashil yo‘lak» tamoyili bo‘yicha amalga oshirilmoqda. Ushbu xizmat turistik firma va tashkilotlarning buyurtmalari bo‘yicha sayyohlar joylashgan avtotransport vositalarining bevosita markaziy temir yo‘l vokzaliga kirish imkoniyatini o‘z ichiga olgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1-yanvaridan Toshkent va boshqa shaharlar aeroportlarida ikki («yashil» va «qizil») yo‘lak tizimi ishga tushgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring